BAFFIN DENGIZI

BAFFIN DENGIZI, Baffin qo’ltig’i — shimoliy Muz okeanidagi yarim yopiq dengiz. Grenlandiya bilan Kanada Arktika arxipelagining Sharqiy qirg’oqlari oralig’ida. Atlantika okeani bilan Deyvis bo’g’ozi orqali tutashadi. Maydoni 530 ming kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 861 metr, eng chuqur joyi 2414 metr. Suvning ustki qatlamidagi temperatura yozda 4 — 5°, qishda — G. Sho’rligi qishda 34% o, yozda 30 — 32% o. Baffin dengizi qishda suzib yuruvchi muzlar bilan qoplanadi. Yozda muzlar Baffin dengizining Markaziy va g’arbiy qismidagina qoladi. Asosiy baliqdari — beluxa, treska, seld. Dengiz ingliz qutb sayyohi U. Baffin nomi bilan atalgan.