BAGRAT III

BAGRAT III — Gruziya podshosi (975— 1014). Bagrat III o’z hukmronligi davrida G’arbiy Gruziya va Sharqiy Gruziyaning katta qismi (Kartli, Kaxeti, Ereti) ni yagona bir davlat ostiga birlashtirgan; Bagrat III dvoryanlarga tayanib mamlakatni birlashtirish siyosatidan norozi bo’lgan yirik mulkdorlarga hamda arablarga qarshi kurashgan. Uning davrida o’rta asr gruzin madaniyatining ajoyib yodgorliklaridan biri — Bedia ibodatxonasi (Abxaziya) hamda Kutaisidagi Bagrat ibodatxonasi bunyod etilgan.