BAHMANIYLAR

BAHMANIYLAR – o’rta asrlarda Hindistonda hukmronlik qilgan sulola. Bahmaniylar sulolasining asoschisi Hasan Zafarxon bo’lib, Abu Muzaffar Alouddin shoh nomi bilan taxtga chiqqan. Dastlab Gulbargani, keyin (1429 yildan) Bidorni o’ziga poytaxt qilgan. Bahmaniylar davlati dekan mulkdorlarining Dehli Sultonligiga qarshi qo’zg’oloni natijasida vujudga kelib (1347), hukmronlik musulmon mulkdorlari qo’liga o’tdi va harbiy tuzum joriy etildi. Yosh sultonlar Nizomshoh (1461 — 63) va Muhammadshoh Sh ning otalng’i (Regenti) va vaziri Mahmud Xovan davrida Bahmaniylar davlati anchagina qudratli edi. Mahmud Xovan asli Eron savdogarlaridan bo’lib, keyinchalik Bahmaniylar saroyida vazirlik darajasiga ko’tarilgan. Mulkdorlarniig o’zaro kurashi, ayniqsa Vijayanagar davlati bilan doimiy urushib turishi natijasida Bahmaniylar zaiflashdi. 15-asr oxiri — 16-asrning boshida Bahmaniylar davlati Bijopur, Golkonda, Bidor, Bsror va Ahmadnagar sultonliklariga ajralib ketdi.