BAHODIR

BAHODIR, Botir — 1) O’rta asrlarda turk-mo’g’ul xalqlari qo’shinida janglarda ko’rsatgan ulkan jasorati va qahramonligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chiigaziylar davrida Chingizxon avlodidan bo’lmagan zodagonlar, yirik lashkarboshilarga Bahodir unvoni berilgan. Keyinchalik Bahodir ma’nosining ushbu ijtimoiy xususiyati yo’qoladi va Bahodir mo’g’ul zodagonlariniig tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarniig fikricha, Bahodir turkiy-mo’gulcha Botir so’zining forscha shaklidir. 2) Chingazxon hukmronligi zamonida xonning shaxsiy gvardiyasi. Bunday qism Chiitizxon 1203 yil keroyitlar ustidan g’alaba qilgandan keyin tashkil etilgan. Blar 1000 kishidan iborat bo’lgan. Tarixchi Nasavining(13-a.) ma’lumotiga ko’ra, 1221-22 yillarda ularning umumiy soni 10000 kishiga yetgan. Bahodirlar urush vaqtida ilg’or qism (avangard) bilan birga harakat qilgan. Tinchlik vaqtlarida esa xon qarorgohini qo’riqlagan.