BAHRALI NAM
BAHRALI NAM, foydali namtuproqdagi namning o’simliklar o’zlashtira oladigan qismi. Bahrali nam ko’pincha tuproq dala nam sig’imining 65 — 70% ga teng bo’ladi. Bu miqdor o’simlik xiliga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab o’zgaradi. Masalan, poliz ekinlari uchun 75 — 80%, g’o’za va boshokli o’simliklar uchun 65 — 70%, shuningdek engil tuproqlarda ozroq, og’ir tuproqlarda ko’proq. Tuproqdagi namning o’simlik o’zlashtira olmaydigan qismi bahrasiz nam deyiladi.