Bajanak qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Bajanak qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblasti Gurlan rayonida. Toponim etnik nom asosida vujudga kelgan. Bajanak Orol dengizi bo’ylarida, Kaspiy dengizning sharq va shimolida yashagan (1-ming yillikda) qabilalarning umumiy nomi. Hozir pecheng deb ataladi. Pechenglar boshqa qabilalarning siquvi natijasida Dunay bo’yi mamlakatlariga (XII asr), asosan Vengriyaga ko’chib ketgan. Bir qismi o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman xalqlari bilan aralashib o’z qabila nomlarini yo’qotib yuborganlar.



