BAKOLOD

BAKOLOD — Filippindagi shahar va Gimaras bo’g’ozidagi port, Negros oroli shimol-g’arbida. G’arbiy Negros provintsiyasi ma’muriy markazi. Aholisi 364 ming kishi (1990). Shakar ishlab chiqaradigan va eksport qiladigan markaz.