BAKULEV ALEKSANDR NIKOLAYEVICH

BAKULEV ALEKSANDR NIKOLAYEVICH (1890.25.11 – 1967.31.3) – yurak-tomir jarrohligi asoschilaridan; akademik (1938) va Rossiya meditsina Fanlar Akademiyasi akademigi (1948) hamda prezidenti (1953 -60). Meditsina Fanlar Akademiyasining yurak tomir jarroxligi instituti asoschisi va birinchi direktori. (hozir mazkur institut uning nomi bilan ataladi). Bakulevning ilmiy ishlari yurak, buyrak, o’pka va suyak kasalliklari, shuningdek me’da yarasi kasalligi hamda o’qdan jarohatlanishni jarrohlik usuli bilan davolashga oid.