BALANDLIK KOORDINATASI

BALANDLIK KOORDINATASI, mutlaq balandlik — geodeziyada yer sirtidagi nuqtalarning asos (boshlang’ich) deb qabul qilingan dengiz sathiga nisbatan balandligi (yoki mutlaq belgi). Nivelirlash yo’li bilan aniqlanadi. O’zbekistonda Boltiq dengizining o’rtacha sathi (Kronshtadt futshtogining noli) ga nisbatan hisoblanadi. Masalan: Toshkent shahrining dengiz sathidan eng baland joyi 515 metr bo’lib, Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Traktor” avtostyasi yaqinida, eng past joyi (380 metr) Sergeli tumanida, Chirchiq daryosi sohilida.