BALANDLIK O’LCHAGICH
BALANDLIK O’LCHAGICH, altimetr — uchish apparati (masalan, samolyot) ning qancha balandlikda uchayotganini ko’rsatadigan asbob. Barometrli va radio Balandlik o’lchagichlar yuqoriga ko’tarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar oralig’i birbiriga teng. Balandlik o’lchagich 20 ming m va undan balandliklarni o’lchaydi. Balandlik o’lchagich bir milli yoki ikki milli bo’lishi mumkin; ikki milli Balandlik o’lchagichda millarning biri yuz metrlarni, ikkinchisi ming metrlarnn ko’rsatadi. Bir milli Balandlik o’lchagich o’lchash aniqligi ±50 dan ±100 metrgacha, ikki milliniki ±5 dan ±10 metrgacha. Radio Balandlik o’lchagich uchish balandligini 1 metrgacha aniqlikda o’lchashga imkon beradi.