BALANJAR
BALANJAR — shimoliy Kavkazdagi o’rta asr shahri. Shimoliy Dog’istondagi Suloq daryosi bo’yidagi Andreevo (Enderi, Jdere) qishlog’i o’rnida bo’lgan deb taxmin etiladi. Rivoyatga ko’ra, Balanjarga afsonaviy Balanjar ibn Yofas asos solgan. Tarixiy manbalar (Ya’qubiy, 9-asr) Balanjarni 6-asrdagi voqealar munosabati bilan tilga olganlar. Unga ko’ra, Balanjarni sosoniylar qo’shini bosib olgan. Mas’udiyning yozishicha, Balanjar 8-asrgacha Xazar xoqonliginiit poytaxtlaridan biri bo’lgan. 7 — 8-asrlarda Xalifalik qo’shinlariga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatgan.