BALANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR

BALANSDAN TASHQARI SCHYOTLAR – qoldig’i buxgalteriya balansiga kirmaydigan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu schyotlar korxonada vaqtincha turgan va boshqa korxonalar (ijaraga olingan asosiy vositalar, mas’ul saqlashga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va h.k.)ga tegishli bo’lgan tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun tayinlangan. Balansdan tashqari schyotlarda, shuningdek, qat’iy hisobot blankalari, zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari ham hisobga olinadi. Balansdan tashqari schyotlarda hisob oddiy tizimda, ya ni ikki yoqlama yozuv qo’llanmasida yuritiladi. Bu schyotlar o’zaro yoki balansli schyotlar bilan korrespondentlanmaydi.