BALLISTITLAR

BALLISTITLAR, ballistik poroxlar — tutunsiz alangalanuvchi poroxlar; nitrogliserin bilan kolloksilin aralashmasini plastifikatsiyalash (yumshatish) natijasida hosil bo’ladigan qattiq moddalar. Uzoq vaqtgacha o’z xossalarini yo’qotmaydi, tez tayyorlanadi. Ballistik qurollar va raketa dvigatellarida ishlatiladi.