BALXASH-OLAKO’L SOYLIGI

BALXASH-OLAKO’L SOYLIGI – Qozog’istondagi yassi botiq. 340 — 600 metr balandlikda. Kattagina qismi Balxash ko’li bilan band. Sharqida Sassiqko’l va Olako’l ko’llari, Janubda Tovqum, Muyinqum, Sarieshikutrov qumli cho’llari bor. Qiya bukilma va uni daryo qumli yotqiziqlari bilan to’lishi natijasida hosil bo’lgan. Qumliklarning balandligi 30 metrgacha. Saksovul, juzg’un, teresken, sho’ra, shuvoq o’sadi. Tuproqlari asosan qo’ng’ir cho’ldasht va kam karbonatli sur tuproq, sho’rxok. Yiliga 135 — 200 millimetr yog’in tushadi.