BALXI GUMBAZ

BALXI GUMBAZ — gumbazning sodda turi. To’g’ri to’rtburchak va murabba tarhli xonalar devori ustiga o’rnatiladi. Balxi gumbaz ko’pincha past tomli binolarda (hammom, suv ombori va qaznoqlarda) qo’llaniladi. Gumbazli bino xonalarining tarhida ko’rsatilgan shakliga putur etkazmagan holda yopilgan. Balxi gumbazda xona devorlarining past bo’lishi va gumbazning birinchi qator g’ishti xona ichiga surib terilishi binoning mustahkamligini oshirgan. Gumbazning og’maligi har bir burchakdan boshlab qo’yilgan g’ishtning og’maligiga bog’liq bo’lgan. Devor burchaklariga qo’yiladigan “neshburik” yoki “g’oz” g’ishtlari pona shaklida yo’naladi. Po’lat Zohidov.