BANJARMASIN

BANJARMASIN – Indoneziyadagi shahar va port. Janubiy Kalimantan viloyatining ma’muriy markazi, Kalimantan orolida. Aholisi 444 ming kishi (1990). Savdo markazi, yog’ochsozlik korxonalari va kema verfi mavjud. Banjarmasin orqali chetga neft, yog’ochtaxta, kauchuk, olmos, guttapercha chiqariladi. Universitet bor.