BANK KREDITI

BANK KREDITI – banklar tomonidan ish yurituvchilarga pul ssudasi shaklida beriladigan kredit. U qisqa muddatli (odatda, bir yil muddatga), o’rtacha muddatli (besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yildan ko’proq muddatga) bo’ladi. Bank krediti moliya muassasalari (banklar, fondlar, tashkilot va uyushmalar) tomonidan har qanday xo’jalik subyektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida ssuda tarzida beriladi. Bank krediti eksport va importni kreditlashda ssuda formasida namoyon bo’ladi va u tovarlar, tovar hujjatlari, veksellar hamda trattani garovga olgan holda beriladi. Ba’zan banklar o’zlariga chambarchas aloqada bo’lgan yirik eksportyor-firmalarga blankli kredit, ya’ni rasmiy ta’minlanmagan kreditlar berishadi.