BANKROT
BANKROT – 1. Mulkiy sinish, xonavayron bo’lish. 2. G’oyaviy, ma’naviy-siyosiy jihatdan obro’sizlanish. 3 Xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi.