BAOBAB

BAOBAB (Adansonia digitata) — bombakdoshlar oilasiga mansub daraxt. Afrika savannalarida o’sadi. Panjasimon murakkab barglari yilning qurg’oq issiq faslida to’qiladi. Guli yirik (diametri 20 santimetr), oq. Bodringsimon mevalari yilning issiq paytida pishadi. Baobab bo’yi 10-12 metr bo’lsada, shox-shabbasi katta (aylanasi 45 metr) maydonni egallaydi. Tanasining diametri 4 — 10 metr, 4 — 5 ming yil umr ko’radi. Po’stlog’i arqon eshish, dag’al gazlama to’qishda ishlatiladi.