BAPTISTERIY

BAPTISTERIY (Yunoncha baptisterion — cho’miladigan hovuz, cho’qintirish xonasi) — maxsus diniy marosim — cho’qintirish uchun tayyorlangan bino. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ko’pincha gumbazli alohida imorat, ichida cho’miladigan hovuzi bo’ladi, devorlari naqshdor, ba’zan hovuz atrofiga haykallar qo’yiladi.