BARAKAT

BARAKAT — Turkmanistonning Bolxon viloyati barakat tumanidagi shahar. Tuman markazi. Kuren dog’ tizmasining etagida, Qoraqum kanalining quyilish qismida joylashgan. Ashxoboddan 292 kilometr shimoli-g’arbda. Ashxobod — Turkmanboshi yo’nalishidagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 20 ming kishiga yaqin (2005). Shahar o’tmishda Qarsanjiq (1881 yilgacha shu nomdagi qishloq), keyinchalik Qazanjiq (1895 yildan) deb atalgan. Temir yo’l qurilgandan keyin qishloq yaqinida stansiya vujudga kelgan. Bu nomlar mahalliy bulokdarning tuzilish shakliga qarab xalq tomonidan berilgan. 1939 yil Qazanjiq qishlog’i shahar maqomini oldi, 1999 yildan barakat shahri deb yuritiladi. Barakatda temir yo’l transporti korxonalari, gilamchilik fabrikasi, qurilish materiallari zavodi faoliyat ko’rsatadi. 4 umumiy ta’lim maktabi, kutubxona, kasalxona, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud.