BARANGI

BARANGI, Baranji — ilk o’rta asrlarda O’zbekistonning Jan.da mavjud bo’lgan shahar. “Barangi” nomi qadimgi eroniycha “bara” — devor, qal’a yoxud shahar ma’nosini anglatadi. Sho’rchi shahridan 8 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. 10-11-asrlarda bu yerda metall ishlab chiqarish rivojlangan. Ayrim tadqiqotchilar (Sh. Kamoliddinov)ning fikricha, Barangi Sho’rchi shahri o’rnida bo’lgan. Sho’rchi atrofidan 11 —12-asrlarda qurilgan ko’p ustunli Namozgoh masjidi qoldiqlari chiqqan (1970 yil F. Hasanov). Masjid 6-8-asrlardagi inshoot o’rnida qad ko’targan.