Barelyefni nimadan tayyorlashadi?
Haykal odamzot yoxud hayvonlarning timsolini butun bo’y-basti bilan to’la hajmda gavdalantiradi. Ammo ba’zida haykalshtarosh uch o’lchovli tasvirni emas, balki jinday bo’rtib chiqqanini, qisqartirilganini afzal ko’radi. Buning uchun toshda bo’rttirilgan tasvirga fon yuzasi ustida o’z hajmining yarmidan oshmaydigan tarzda oldinga bo’rtib turadigan tarzda ishlov beradi. Aynan shu narsa barelyefdir. Barelyeflar tasvirlash uchun eng ko’p qo’llanadigan material — marmar. Shunday bo’lsa-da, u bronzadan qo’yiladigan hollar ham uchrab turadi. Masalan, Parijdagi Vandom ustuni bronza barelyef bilan bezatilgan. Haykaltaroshlik san’ati hamma davrlarda eng kam vositalar evaziga eng yuqori-maksimal ifodalilikka erishishdan iborat bo’lgan. Shu ma’noda baryelef — faoliyat uchun juda o’ng’ay maydon. Chunki u imkoni boricha ko’proq bo’rtib chiqqan kabi tuyulishi kerak. Bunga qay tariqa erishilishi — rassom mahoratining siri. Darvoqe, odatdagi medallar va uzuklar — bular ham barelyef bo’lib, faqat ular jajji hamda yanada nozik mahorat bilan ishlangandir.