BARGUZIN SOYLIGI

BARGUZIN SOYLIGI – Baykal bo’yi tog’lari orasidagi soylik. Barguzin daryosining o’rta oqimida. Barguzin va ikat tizmalari orasida (Buryatiya Respublikasi). Uzunligi 200 kilometr, eni 15 — 35 kilometr; tubi dengiz sathidan 470 — 600 metr balandda, asosan tekislik bo’lib, unda-bunda qirlar uchraydi. Barguzin soyligining dasht qismidagi yerlar ekinzorlarga aylantirilgan, o’rmonli dasht va qarag’ayzorlar ham bor. Dashtlardan yaylov sifatida foydalaniladi.