BARION YULDUZ

BARION YULDUZ — nazariy tadqiqotlarda oldindan aytib berilgan o’ta zich osmon jismi. U asosan og’ir elementar zarrachalardan tashkil topgan; massasining asosiy qismi Markaziy sohasida bo’lishi kerak. Bu natijalar musbat energiyali va muvozanat holatida bo’lgan yulduzlarning barqarorligini tekshirish hamda Ambarsumyanning o’ta zich ob’yektlar tug’ilishi bilan bog’liq taraqqiyot kontsepsiyasini tahlil qilish kabi nazariy yo’nalishlarda qo’lga kiritilgan. Dastlabki hisoblar asosida Barion yulduz giperon yadro (zichligi r>1015 gr/sm), oraliq neytron qatlam va aynigan elektron-proton gaz qobiqlaridan iborat, deb taxmin qilinadi. Uning massasi 2 Quyosh massasidan kichik, radiusi 10 kilometr atrofida.