BARIY XLORID

BARIY XLORID, VaS12 – tuz; odatdagi sharoitda uchraydigani — digidrat VaS12-2N2O rangsiz kristall modda bo’lib, OS-(925° gacha turg’un) va R-(925° dan 961° gacha turg’un) modifikatsiyalari ma’lum. Suyuqlanish temperaturasi 961°, qaynash temperaturasi 2047°, zichligi 3856 kg/m3. 100° gacha qizdirilganda suvini yo’qotadi. Suvda yaxshi (20° da 100 g N2O da 35,7 g), spirtda oz eriydi. Bariy xlorid 900 — 1000° da barit kontsentratiga koks va kaltsiy xlorid, BaS ga xlorid kislota ta’sir ettirib va boshqa usullar bilan olinadi. Bariyning boshqa tuzlarini olishda, sulfat ionini ochish va cho’ktirishda, ko’nchilikda, sopol buyumlar tayyorlashda, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi.