BARJA
BARJA (Fransuzcha barge) — shatakka olib yuriladigan yuk kemasi. Unda dengiz, daryo, ko’l, kanal va portlarda yuk tashiladi. Metall va yog’ochdan yasaladi. Barja 12000 tonna va undan ham ko’proq yuk ko’tara oladi. Unga ichki yonuv dvigateli o’rnatish ham mumkin. Barjaning 1000 tonnagacha yuk tashiladigan xili Berlina deb ataladi.