BARON

BARON (lotincha Ago) — G’arbiy Yevropada o’rta asrlarda qirolning bevosita vassali; Qirol kengashi a’zosi. Keyinchalik dvoryanlar, zodagonlar unvoni (ayollar baronessa deb atalgan). Angliyada oliy Baronlar 13-asrdan boshlab alohida siyosiy imtiyozga ega ijtimoiy tabaqaga, keyinchalik parlamentda lordlar palatasining merosiy a’zolariga aylanganlar. Baron unvoni Angliyada vikont unvonidan quyi sanalgan. Frantsiya va Germaniyada Baron unvoni graf unvonidan quyi turgan.