BARONIY ZIYOVUDDIN

BARONIY ZIYOVUDDIN (1285 – 1356) — tarixchi; Dehli sultoni Muhammad Tug’loq saroyida yashab, ijod qilgan. Baroniyning “Tarixi Firuzshohiy” asari sultonlikning 1265 yildan 1356 yilgacha bo’lgan tarixiga oid. Asar shaxsiy kechinmalar asosida yozilgan bo’lib, qimmatli manbalardan hisoblanadi.