BAROTTEPA

BAROTTEPA — qishloq xarobasi (miloddan avvalgi 2 — 1 — milodiy 6-8-asrlar). Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on tumanida, Surxon daryosining o’ng qirg’og’ida joylashgan. Aylana (80×90 metr) tarxli tepa. Balandligi 12 metr. Kushon podsholigi davrida obod bo’lgan. Terrakota haykalchalar, muhr, sopol idishlar, charx, jez oyna, shisha tumor, Kushonlar va sosoniylar tangalari topilgan.