Barrikada
Barrikada (fransuzcha barricade), ko’chaband-ko’cha, yo’l, ko’prik va tog’ yo’llarida turli narsalardan (xodalar, qum solingan qoplar, toshlar va boshqalar) quriladigan sun’iy mudofaa to’sig’i. Barrikada qadim zamonlardan bosqinchilarga qarshi qo’llanilgani ma’lum. Tarixiy manbalarda Barrikada chep deb tilga olinadi. Barrikada XIX asrgacha tosh, qum solingan qop, xoda, qulatilgan daraxtlar va hokazolardan qurilgan. XX asrdan aholi yashaydigan joylarni tank va zirhli mashinalardan saqlash uchun maxsus muhandislik to’siqlari barpo etila boshlandi. Bunday Barrikadalar temir-betondan, turli bloklardan yasalib, ko’cha va yo’llarga shaxmat katagi tartibida 2-3 qator quriladi. 1871 yili Parij kommunasi paytida kommunarlar, 1905-1907 yillardagi rus inqilobi paytida ishchilar tomonidan keng qo’llanilgan.