BARTANG

BARTANG — Pomirdagi daryo, tog’li Badaxshon Muxtor viloyatida (bosh qismi Afg’onistonda), Panj daryosining o’ng irmog’i (Amudaryoning yuqori qismi). Bartangning yuqori oqimi — Oqsuv, o’rta qismi — Murg’ob, Sarez ko’lidan sal quyiroqda Bartang deb ataladi. Bartang — Murg’ob — Oqsuvning uzunligi 528 kilometr (Bartangning uzunligi 133 kilometr), havzasining maydoni 24,7 ming kilometr kvadrat. Bartang Pomir tog’larini sharqdan g’arbga chuqur vodiydan kesib o’tadi. Asosan qor va muzdan suv oladi. O’rtacha suv sarfi (quyilish joyida) 128 m3/sek. Daryoda Shujon GES qurilgan.