BAS

BAS (italyancha basso — past) — 1) erkaklarning eng past, yo’g’on ovozi. Baland yoki kuychan Bas (italyancha basso cantante) hamda past Bas (basso profundo), opera amaliyotida — xarakterli, hajviy Bas (basso buffo) farq qilinadi. Baland Bas lirik (diapazoni taxminan katta oktavadagi “sol”dan birinchi oktavadagi “Fanlar Akademiyasi” gacha) va dramatik (katta oktavadagi “Fanlar Akademiyasi” dan birinchi oktavadagi “mi”gacha) bo’ladi. Past Basning diapazoni katta oktavadagi “domi” dan — birinchi oktavadagi “Remi” gacha bo’ladi. Rus xorlarida oktavachi Baslar uchraydi, ular inson ovozi uchun eng past ovozdagi tovushlarni ijro eta oladi; 20-asr xonandalaridan F. Shalyapin (Rossiya), N. Gyaurov (Bolgariya), Teo Adam (Germaniya), O’zbekistonda H. Ismoilov, V. Grinchenko, Q. Muhiddinov va boshqalarning ovozi Bas: 2) ko’p ovozli musiqa asaridagi eng pastki partiya. Xorda Bas birinchi (baritonlar ijro etadi) va ikkinchi (haqiqiy Bas) ovozlarga bo’linadi; 3) raqamlangan Bas (basso continuo); 4) pastki registrdagi musiqa asboblari: Tuba Bas, kontrabas va boshqalar, shuningdek Ukraina (basolya) va Belorussiya (basetlya) da xalq violoncheli, O’zbekistonda qayta ishlangan xalq cholg’ulari — dutor— Bas, g’ijjak — Bas va boshqalar.