BASHSHAR IBN BURD
BASHSHAR IBN BURD (714, Basra -783, Bag’dod) — Arab shoiri. Asli fors bo’lib, yoshligidan ko’zi ko’r bo’lgan. Basra va Bag’dodda yashab, Arab va fors tillarida ijod qilgan. Muhabbat lirikasining ustasi, maqtov-madhiya va hajviy mazmundagi she’rlar muallifi. Arab she’riyatidagi an’anaviy qoidalarni buzib, “yangicha uslub”ning asoschisi bo’lgan. Ochiqchasiga zardushtiylik g’oyalarini targ’ib qilgani, binobarin, “axloqsizligi” uchun 744 yildan ona shahridan quvg’in qilingan. Iroq bo’ylab sarson-sargardon bo’lib yurib, 762 yilda Basraga qaytib kelgan. Xalifa al-Mahdiyning saroy (maddoh) shoiri bo’lishga hara-kat qilgan. Vazir Ya’qub ibn Dovud haqidagi zaharxanda hajviyasi uchun xalifa amriga ko’ra kaltaklab o’ldirilgan. Bashshar ibn Burd haqida ko’plab latifalar to’qilgan; ular Abulfaraj Isfahoniyning 20 jildli “Al-ag’oni ulkabir” (“qo’shiqlar katta kitobi”)da saqlanib qolgan.