BASILEY
BASILEY (basilevs) — 1) Pilos bitiklariga ko’ra, Miken davrida kichik qishloq hokimi; 2) Gomer dostonida — qabila yoxud qabilalar Ittifoqi rahbari. Dastlab saylab qo’yilgan, so’ngra hokimiyat meros bo’lib o’tgan; 3) Sparta shoxlarining ikki unvonidan biri; 4) Afinada—dastlab qabila yoxud qabilalar Ittifoqi boshlig’i, so’ngra 2-arxont; 5) Yunon va makedon shoxlarining ellinistik mamlakatlaridagi unvoni va umuman yunon adabiyotida shohni anglatuvchi atama; 6) Vizantiya va Rim imperatorlarining avgustdan boshlab olgan unvoni.