BASSO OSTINATO

BASSO OSTINATO (italyancha basso ostinato — qat’iy bas) — musiqada variatsiya shakllaridan. Asarda o’zgaruvchi yuqori ovozlar jo’rligida pastki (bas) ovoz ko’p marta takrorlanishiga asoslanadi. Qadimgi rake janrlari (Passakalya, chakona) da va ular asosida yaratilgan asarlarda (masalan, I. S. Bax, D. Bukstexude, D. Shostakovich, P. Xindemit va boshqalar ijodida) Basso ostinato shaklidan keng foydalanilgan. O’zbekiston kompozitorlarining asarlarida ham qo’llaniladi: M. Tojiyevning 1-simfoniyasi (1 qism — “Passakalya”), F. Yanov-Yanovskiyning “Orkestr uchun kontsert”i (V qism — “Basso ostinato”), Ik. Akbarovning “Samarqand hikoyalari” (IV qism — “Shohizinda”) va boshqalar.