Batareya

Batareya (fransuzcha batteria, batter-urmoq)-artelleriya qismlari va harbiy kemalarda 2-4 yoki undan ko’proq to’plardan iborat artilleriyaning birinchi o’t ochuvchi va taktik bo’linmasi. Ikkita o’t ochuvchi va bitta boshqarish vzvodidan iborat. Polk (divizion) tarkibida yoki alohida bo’lishi mumkin. Batareya yopiq va ochiq pozitsiyadan o’t ocha oladi. Artilleriyada to’p, gaubitsa, minomyot, havoga otadigan, tanklarga qarshi hujumda boshqariladigan reaktiv snaryadlar Batareyasi bo’ladi. Optik razvedka, meteorologiya, sur’atga olish, topografiya, radiotexnika, projector va boshqa Batareyalar ham bo’ladi.