BAXMAL DARAXT

BAXMAL DARAXT, po’kak daraxt (Phellodendron amurense) — toshbaqatoldoshlar (rutadoshlar) oilasiga mansub daraxt. Bo’yi 25 — 30 metr, tanasining diametri 70 — 80 santimetrga yaqin; asosan Uzoq Sharq, Janub Saxalin, Yaponiya va Xitoyda o’sadi. 300 yilgacha yashaydi, po’stlog’i kulrang, baxmalsimon bujmaygan, ichida och sariq po’kak qatlami bor. Shuning uchun po’kak daraxt ham deyiladi. Barglari patsimon murakkab, qarama-qarshi joylashgan, hidi qo’lansa. Mevasi qora, mayda, hidli. Yog’ochidan faner ishlab chiqarishda, pukagidan sanoatda foydalaniladi. Lub qavatidan och sariq bo’yoq va tanidlar olinadi. Ko’pincha xushmanzara o’simlik sifatida ekiladi. O’zbekistonda ham o’stirilmoqda.