BAXMANYOR ABUL HASAN MARZUBON O’G’LI

BAXMANYOR ABUL HASAN MARZUBON O’G’LI (? — 1067) — Ozarbayjon faylasufi. Ibn Sinoning shog’irdi. Forobiy va Ibn Sino ta’limotlarini himoya qilgan va rivojlantirgan. Islom aqidalarini asoslashda aristotelizm va neoshgatonizmdan foydalangan. Baxmanyor mavjudot haqida panteistlarcha fikr yurittan (k-panteizm). U olamni “Boshlang’ich ruhiy sabab” — Allohdan keltirib chiqaradi va emanatsiya asosida tushuntiradi; barcha mavjud narsalarni o’rta asr falsafasida keng tarqalgan tushunchalar — vujudi mumkin, vujudi vojib asosida talqin etishga harakat qiladi. Baxmanyor bilish nazariyasida aqliy bilishni himoya qilib, rasionalizmni rivojlantirdi. Baxmanyorning “Mabod attabiat (“Metafizika”) va “Marotib al-mavjudot” (“Mavjudotning martabalari”) (Qohira, 1911, arab tilida; Leypsig, 1851, nemis tilida) asarlarida mavjudot va bilish masalalari qarab chiqilgan. “Kitob attahsil” (“Tehsil kitobi”) va “Az-ziynat” (“Ziynatlash”) asarlari mantiq ilmiga, “al-Baxjad va as-saodat” (“Go’zallik va baxt”) kitobi axloq masalalariga bag’ishlangan. Baxmanyor bilan Ibn Sino o’rtasidagi falsafiy yozishmalarning keyinchalik ko’chirilgan ayrim nusxalari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.