BAXMOZORSOY
BAXMOZORSOY — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi soy. Sangzor daryosining chap irmog’i. Qoratepa tog’i (Turkiston tizmasi) ning shimol yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 21 kilometr, suv to’plash maydoni 44,6 kilometr kub, o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 0,52 m3/sek. Baxmozorsoy asosan buloq suvlaridan, bahorda qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. To’linsuv davri martning o’rtalaridan iyulning o’rtalarigacha davom etadi. Baxmozorsoyda aprel, may oylarida o’rtacha oylik suv sarfi 2,5 metr/sekund, ba’zan 3,0 m3/sekundga yetadi. Baxmozorsoy ko’pincha kuz va qishda qurib qoladi. Bahorda soy o’zanidan ba’zan sel keladi. Baxmozorsoy havzasining tog’li qismida o’tloq va archazorlar bor.