Baxshi
Baxshi (mo’g’ulcha va buryatcha baxsha, bag’sha-ustod, ma’rifatchi, sanskritcha, bhikshu-qalandar, darvesh)-1) xalq dostonchisi. Qo’shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san’atkor. Baxshi so’zi ba’zan shaman ma’nosida ham qo’llanadi. Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga – ijrochi va ijodkor Baxshilarga bo’linadi; 2) mo’g’ullar istilosi davrida budda dinidagi qalandarlarni, uyg’ur alifbosi asosida turli hujjatlar tuzuvchi idora xodimlarini, mo’g’ullarda jarrohlarni, Chig’atoy ulusi, Oltin O’rda, Qozon va Qrim xonliklarida kotiblarni, Boburiylar davlatidagi harbiy qismlarning hisob-kitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh to’lovchi yirik amaldorlarni, Buxoro xonligida ma’muriy binolar qurishda mablag’ (sarf xarajat) hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarga urug’ oqsoqollarini ham Baxshi deb atashgan.