“BAYER”

“BAYER” — Germaniyadagi kimyo kompaniyasi, 1863 yilda tashkil topgan. 1992 yilgacha Germaniyaning “I. G. Farbenindustri” kimyo kontserni tarkibiga kirgan. O’g’itlar, o’simliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalari, urug’lik dorilanadigan preparatlar va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi, agrokimyoviy xizmat ko’rsatadi. Jahondagi 150 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. 1992 yildan O’zbekistonda vakolatxonasi ochilgan. Aylanma kapitali 48,6 milliard marka, 141 ming ishchi-xizmatchi ishlaydi (1997).