Bayon

Bayon (arabcha)-1) voqea, hodisa, fikr, mulohaza va shu kabilarning og’zaki yoki yozma ifodasi; 2) matnni o’qib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqilgan ish. O’zbekiston umumta’lim maktablarida (asosan 2-8-sinflarda) o’quvchilarning fikrlashini rivojlantirish bo’yicha sinf o’quv (yozma) ishining asosiy turlaridan biri sifatida foydalaniladi.