BAYTQO’RG’ONIY

BAYTQO’RG’ONIY — o’rtapishar qovun navi (Toshkent shahri yaqinidagi Baytqo’rg’on qishlog’i nomidan). Shakli tuxumsimon, yirik, uzunligi 30 — 36 santimetr, og’irligi 4 — 6 kilogramm. Sirti tekis, dag’alroq, yoppasiga to’r bilan qoplangan, tusi sariq. Po’sti qalin, eti oq, yumshoq, sershira, qalinligi 4,5 — 5 santimetr. Urug’i unib chiqqanidan so’ng 85 — 93 kunda pishadi. Tarkibida 7,3 — 9,4% qand bor. Hosildorligi 200 — 300 tsentnerga. Uzoq joylarga yuborish va saqlashga chidamli. Baytqo’rg’oniy Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida ekiladi.