BAZAL MEMBRANA
BAZAL MEMBRANA (biologiyada) – ko’pchilik umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda odamda qoplovchi va biriktiruvchi to’qimalarni chegaralab turadigan hujayralararo tayanch qavat yoki chegara parda. Bazal membrana govak modda va unda joylashgan tolalardan iborat. Moddalarning shimilishi va diffuziyasi yo’lida to’siq hamda elastik tayanch vazifasini bajaradi. Ayrim organlar kabi tanlab o’tkazish xususiyatiga ega. Surunkali yallig’lanish, xavfli o’sma va boshqa kasalliklarda zararlanganida Bazal membrana epiteliy ostidagi biriktiruvchi to’qimaga botib kiradi.