BAZIPETAL RIVOJLANISH
BAZIPETAL RIVOJLANISH (Yunoncha basis — asos, tub, tag va lotincha peto — intilaman) — o’simliklar yon shoxlari yoki organlari qismlarining uchidan tubiga qarab rivojlanishi, bunday rivojlanish natijasida o’simliklarning yosh qismlari tubiga yaqinroq joylashadi. Masalan, gulli o’simliklar bargining to’qimalari bazipetal tarzda rivojlanib differentsiallanadi.