Bek, Beg, Bey
Bek, Beg, Bey (turkcha hukmdor, janob; sinonimi amir)-1) qadimgi turkiy xalqlarda xon xizmatidagi alohida harbiy qism vakillari. Ular katta imtiyozlarga ega bo’lib, oliy harbiy zodagonlar tabaqasini tashkil qilgan; 2) Movarounnahr xonliklarida davlat arboblarining bolalari va yaqin qarindoshlariga, zodagonlarga berilgan faxriy unvon. Bek bolalari “bekzodalar” deb atalib, ular yoshlik chog’idanoq maxsus tarbiyachilardan harbiy-siyosiy ta’lim olganlar. Ular kelgusida mamlakatni idora qilish, dushman hujumini qaytarish, el-ulus taraqqiyoti yo’lida sa-y-harakat qilish ruhida tarbiyalangan; 3) Kavkazorti turkiy xalqlarida o’rta asrlar va yangi davrda yer egasi, mulkdor unvoni; 4) Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida o’rta asrlarda yer egalari unvoni; 5) Usmonli turk saltanatida viloyat (sanjoq) hokimi; XIX-XX asrlarda Bek unvoni yuqori darajadagi turk zobitlari va amaldorlariga berilgan (1934 yili bekor qilingan); XIX asrning 2-yarmidan Bek, asosan, murojaat shakli; 6) Eronning ayrim joylarida qabila boshliqlari unvoni; 7) Tunisda 1705-1957 yillarda valiahd shahzodalarga berilgan unvon.