BEKETOV ANDREY NIKOLAYEVICH

BEKETOV ANDREY NIKOLAYEVICH [1825.26.10 (8.12) – 1902.1 (14).7] -rus evolyutsionist botanigi. O’simliklar morfologiyasi va geografiyasi asoschilaridan biri. Peterburg Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi (1891), faxriy a’zosi (1895). O’simliklarning vegetativ organlari tuzilishi qonuniyatlarini, o’simliklar qoplami zonalligi va jonli tabiatning maqsadga muvofiq tashkil topganligi muammolarini o’rgangan.