BEKINMACHOQ
BEKINMACHOQ – bolalar o’yini. Kamida 4 — 6 bola ikki to’daga bo’linadi. Dastlab marra belgilanadi. Bir guruh boshqasiga ko’rinish bermay, biror pana joyga yashirinadi. Poylab turganlar (ba’zan bir bola) yashiringanlik belgisini eshitgani hamono, bekinganlarni chaqqonlik bilan ushlashga kirishadi. Izlab topib marraga yetguncha ushlasa — yutgan, qo’lga tushganlar esa — yutqizgan hisoblanadi. Yutqizganlar kelishilgan shartni bajaradilar, masalan, o’yinda yutganlarni yelkada ko’tarib, ma’lum masofani aylantirib keladilar va hokazolar. Shu bilan o’yin yana yangidan boshlanadi. Bekinmachoqning “Ushlab olish”, “Ko’rdi hisobi”, “Axtarib topish” va boshqa turlari bor.