BELS (BELTSI)
BELS (BELTSI) — Moldaviyadagi shahar (1818 yildan). Reut daryosi (Dnestr irmog’i) bo’yida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 165 ming kishi (1999). Oziq-ovqat (yog’, go’sht kombinatlari, vino konyak zavodi va hokazolar), mashinasozlik, asbobsozlik (qishloq xo’jalik mashinasozligi, elektrotexnika zavodlari), qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik, mebel fabrikalari, yog’ochsozlik kombinati, tes, pedagogika instituti, tibbiyot bilim yurti, politexnikum, drama teatri, tarix o’lkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi bor. Bels 15-asrda bunyod etilgan.